Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

YOSHLAR HUQUQLARIGA OID ENG MUHIM 5 TA KAFOLAT:


YOSHLAR HUQUQLARIGA OID ENG MUHIM 5 TA KAFOLAT:

1. Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi.

2. Davlat yoshlarning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi.

3. Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

4. Davlat yoshlarning taʼlim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

5. Davlat va jamiyat yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy meros idan faxrlani shni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehrmuhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlikqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yil 16 oktyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasida qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Davlat rahbari, jumladan, yaqinda Samarqandda ochilgan turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha dunyoda o‘xshashi yo‘q YuNVTO Xalqaro turizm akademiyasida mutaxassislarni o‘qitish uchun maxsus grantlar ajratilishini e’lon qildi. O‘zbekiston Prezidenti, shuningdek, yoshlar uchun sayyohlikni rivojlantirish loyihalari hamda yangi g‘oyalarni yaratishda muhim va foydali maydonga aylanadigan Jahon yoshlar turizmi sammitining navbatdagisini Toshkent shahrida o‘tkazishni taklif etdi. O‘zbekiston Prezidenti so‘nggi yillarda yoshlar masalasi bo‘yicha 20 dan ortiq milliy, mintaqaviy va xalqaro tashabbuslarni ilgari surganligini alohida ta’kidlash lozim. Jumladan, davlatimiz rahbarining mintaqaviy tashabbuslariga quyidagilar kiradi: o‘zaro innovatsion hamkorlik va yoshlar masalasida munosabatlar sohasida qabul qilingan strategik dasturiy hujjatlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonda MDH mamlakatlari yosh olimlarining “Yoshlar – innovatsiya tarafdori” shiori ostidagi birinchi kongressini o‘tkazish; “ShHT – ilg‘or g‘oyalar va kelajak tashabbuslari makoni” mavzusida yoshlar o‘rtasida muloqotni kengaytirish bo‘yicha tadbirlar dasturini tayyorlash; yosh avlodni ekstremistik g‘oyalar ta’siridan himoya qilish maqsadida yoshlarning radikallashuviga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha Mintaqaviy kompleks dastur ishlab chiqish; suv va boshqa tabiiy resurslardan tejab-tergab foydalanish madaniyatini shakllantirish, maxsus dasturni qabul qilgan holda, yoshlar tashabbuslari va startaplarini qo‘llab-quvvatlash masalalarida yoshlar bilan ishlashni mintaqaviy darajada tashkil etishga alohida e’tibor qaratish va hokazo.