Янгиликлар
TADBIRKORLARGA BERILGAN ENG MUHIM 9 TA KAFOLAT
TADBIRKORLARGA BERILGAN ENG MUHIM 9 TA KAFOLAT
1. Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishdatanlashga haqli.
2. Tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.
3. Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlikmuhitinitaʼminlaydi.
4. Bank operatsiyalari va hisobvaraqlarning sir tutilishi kafolatlanadi.
5. Barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi taʼminlanadi.
6. Davlat halol raqobat uchun shartsharoitlar yaratadi.
7. Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi.
8. Yer xususiymulk bo‘lishi mumkin.
9. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi.
Mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining to‘sqinliksiz amalga oshirilishini ta’minlash, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.
Ushbu maqsadda muqobil tekshiruvlar va rejadan tashqari tekshiruvlarning barcha turlari bekor qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi bir qator litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillari qisqartirildi hamda soddalashtirildi. Mazkur chora-tadbirlar mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi reytingiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati sohasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda, ularning hal etilishi biznesni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatli himoyasini ta’minlash imkonini beradi. Ushbu muammoni yechish maqsadida Prezidentimizning “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan bo‘lib, tadbirkor va investorlarga yanada keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Toshkent tumani adliya bo‘limi xodimi M.Kurbanov