Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Mashina haydash uchun ishonchnomani onlayn olish mumkin: 5 ta muhim qoida


Mashina haydash uchun ishonchnomani onlayn olish mumkin: 5 ta muhim qoida

1. Arizani qanday qilib onlayn topshirish mumkin? Ishonchnomani olish uchun ariza beruvchi YAIDXP (my.gov.uz)da tegishli ma’lumotlarni kiritgan holda onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tadi. Undan keyin, ariza beruvchi ishonchnomani rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan so‘rovnomani to‘ldiradi va tasdiqlaydi. Bunda, ariza beruvchi o‘zining va ishonchnoma berilayotgan shaxs(lar)ning biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlarini kiritadi. Bu bo‘yicha davlat xizmati “Notarius” AATdan foydalangan holda YAIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladi.

2. Ishonchnoma qancha muddatga beriladi? Ishonchnoma ariza beruvchining xohishiga ko‘ra 1 oy, 6 oy va 3 yil muddatgacha beriladi.

3. Ishonchnomani necha kishiga berish mumkin? Ishonchnomaga kiritiladigan shaxslar soniga cheklov yo‘q.

4. To‘lov qancha? Ha, mavjud. Ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda, Qonunda ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:

– 1 oygacha bo‘lgan muddatga – 10 foiz;

– 1 oydan ortiq va 6 oygacha bo‘lgan muddatga – 50 foiz;

– 6 oydan ortiq va 3 yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 foiz.

Ma’lumot uchun, hozirda ishonchnomaavtomobil egasining xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga, jiyanlariga beriladigan bo‘lsa, BHMning 50 foizi (165 ming so‘m) miqdorida, agarda ulardan boshqa shaxslarga berilsa BHMning 2 baravari (660 ming so‘m) miqdorda davlat boji undiriladi.

5. Ishonchnoma qanday holatlarda bekor qilingan deb topiladi? Ishonchnoma quyidagi holatlarda bekor qilingan hisoblanadi: ishonchnomaning amal qilish muddati tugaganda; ishonchnomani bergan shaxs tomonidan bekor qilinganda; ishonchnoma rasmiylashtirilgan vaqtdan so‘ng ishonchnomani bergan shaxs muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda; ishonchnoma berilgan shaxs(lar) muomalaga layoqatsiz, muomalaga layoqati cheklangan yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda va boshqa hollarda.

                                       Toshkent tumani adliya bo‘limi xodimi M.Kurbanov