Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Konstitutsiyada shunday deyilgan: qarindoshlari sudlangan deb ishga olmaslik mumkin emas


Konstitutsiyada shunday deyilgan: qarindoshlari sudlangan deb ishga olmaslik mumkin emas

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 28-moddasiga “Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emas”, degan insonparvar va adolatli norma mustahkamlandi. Uning mohiyati nimadan iborat, degan savol tug‘iladi.

Sudlanganlik shaxsga sud hukmi bilan jazo tayinlanganidan keyin kelib chiqadigan huquqiy oqibat bo‘lib, mazkur shaxsga nisbatan muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishga kirish yoki ularda tegishli lavozimlarni egallashda, harbiy xizmatni o‘tashda, saylanish huquqidan foydalanishda yoxud muayyan faoliyat bilan shug‘ullanishda qator taqiqlarni yuzaga keltiradi. Ammo, shaxsning sudlanganligi bilan bog‘liq turli cheklovlar uni o‘zi bilan cheklanib, boshqa shaxslarning huquqlariga ta’sir qilmasligi va hech bir holatda inson o‘zining yaqinlari yo‘l qo‘ygan xatolar uchun javob bermasligi kerak!

Qolaversa, mehnat qonunchiligiga ko‘ra, shaxslarni yaqin qarindoshlari sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik holati ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, deb hisoblanadi. Afsuski, bunday eskicha yondashuv oqibatida ko‘plab yurtdoshlarimiz aziyat chekkan. Masalan, odatda bir oilada ota-ona, bir necha aka-uka, opa-singil va farzandlar bo‘lsa, bu oilaning birgina a’zosi qilgan xatosi 10 dan ortiq insonlarning hayotiga salbiy ta’sir etadi. Qanchalik urinmasin, mehnat qilmasin, yaqinining sudlanganligi insonning kasbiy o‘sishi, shaxs sifatida rivojlanishi, jamiyatda nufuzli o‘ringa ega bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘siq bo‘ladi.

Bu kabi qoida Polsha, Serbiya, Ispaniya, Xorvatiya, Sloveniya va boshqalar konstitutsiyalarida mustahkamlangan. Asosiy qonunga kiritilgan mazkur qoida sudlangan shaxslar qarindoshlarining huquqlarini asossiz cheklashni taqiqlaydi.

Mustabid tuzumdan meros bo‘lgan salbiy tajribadan voz kechib, har kim faqat o‘zi sodir etgan jinoyati uchun javob berishini amalda ta’minlashga xizmat qiladi.

 

 

 

 

Toshkent tumani adliya bo‘limi xodimi M.Kurbanov