Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Mutanosiblik prinsipi nima?


Mutanosiblik prinsipi nima?

 

Qonunchilikda bir insonning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lida boshqa insonga bajarish juda qiyin yoki ilojsiz bo‘lgan majburiyatlarni yuklovchi normalar mavjud. Masalan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda haqorat uchun BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha, shahvoniy shilqimlik qilish uchun esa 2 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima belgilangan.

Ya’na bir misol, hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli holatda bo‘lgan shaxsga tibbiyot tashkilotlarida shoshilinch yoki kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishi kerak bo‘lgan shaxs shunday yordam ko‘rsatishni asossiz ravishda rad etganda BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima to‘laydi. Ruxsatsiz “tonirovka” qilingan transport vositalaridan foydalangan shaxslar esa, BHMning 25 baravari miqdorida jarima to‘lashi zarur.

Fuqarolar o‘z hayotida xalq Konstitutsiyasi ruhini yaqqol his etib turishini ta’minlash maqsadida, 2023 yil 8 mayda Prezident Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonda Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan har bir normani real hayotga tatbiq etish bo‘yicha aniq maqsadli chora-tadbirlar belgilab berilgan.

Shu jumladan, mutanosiblik prinsipini amaliyotga joriy etish uchun Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga alohida ko‘rsatma berilgan.

Unga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvargacha qonunchilik bazasi to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, unda belgilangan huquqiy ta’sir choralarini mutanosiblik prinsipiga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish belgilangan.

Bugungi kunda, mas’ul idoralar tomonidan tuzilgan ishchi guruh qonunchilik bazasini tahlil qilib ulardagi har bir sanksiya va boshqa ta’sir choralarini mutanosiblik prinsipiga moslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqmoqda.

Mazkur prinsip mohiyatan inson huquqlarining himoyasini kuchaytirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, inson huquqlari davlat tomonidan cheklanishining asosliligini aniqlovchi mezon hisoblanadi.

 

 

 

 

 

Toshkent tumani adliya bo‘limi xodimi M.Kurbanov