Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Mehnat nizolari komissiyasining yakka mehnat nizolarini ko‘rib chiqish va hal etishda tutgan o‘rni


Mehnat nizolari komissiyasining yakka mehnat nizolarini ko‘rib chiqish va hal etishda tutgan o‘rni

Mamlakatda davlat organlarining aholi bilan muloqotini takomillashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda ularning muammolarini hal etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 iyundagi PQ-4754-sonli “Nizolarni muqobil hal etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi soha rivoji uchun muhim amaliy qadamlardan biri bo‘lganligini e’tirof etish lozim . Bugungi kunda huquqiy nizolarni muqobil yo‘llar bilan hal etish tartibi dunyo davlatlarining aksariyati uchun yangilik emas. Rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchiligida konfliktlarni hal etishning noyuridik, mahalliy metodi sifatida keng foydalanib kelingan.

Muqobil yo‘l bilan hal etish tizimining asosiy maqsadi huquqiy konfliktlarni samarali ravishda tartibga solish va qisqa vaqt ichida ko‘rib hal etish hisoblanadi. Eng muhimi mazkur jarayonga taraflar o‘z xohishi bilan ishtirok etishi va jarayon natijalaridan qoniqishi lozim. Nizolarni muqobil yo‘l bilan hal etish metodi korxona rahbariyati va jamoasi uchun juda foydali bo‘lib, nizolashayotgan taraflar o‘rtasida kelgusida ham korxonada birgalikda ishlab keta olishimiz mumkin degan ichki ishonchni shakllantiradi. Xususan, uning afzalliklari quyidagilarda ko‘rinadi: Birinchidan, taraflarda yuzaga kelgan nizoni hal etishda muqobil yo‘llarni solishtirib ko‘rish va tanlash imkoniyati; Ikkinchidan, taraflarda har bir taklif etilayotgan muqobil yo‘lning afzalliklaridan va kamchiliklaridan yaxshi xabardor bo‘lish imkoniyatini yaratadi; O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 34-bobida yakka mehnat nizolarini mazkur komissiyada ko‘rib chiqishning protsessual qoidalari belgilab o‘tilgan. Mehnat nizolarini ko‘ruvchi komissiyalar quyidagi masalalarga taalluqli nizolarni ko‘rib chiqadi: belgilangan ish normalari va ishbay baholarning qo‘llanishi, shuningdek ish normalarining bajarilishini ta’minlovchi mehnatning shart-sharoitlari; boshqa ishga ko‘chirish va unda mehnatga haq to‘lash; mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusidan tashqari bekor qilinishi; ish normasi bajarilmagan, bekor turib qolingan va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilgan hollarda mehnatga haq to‘lash; ish vaqtidan tashqari soatlar va tungi vaqtda ishlaganlik uchun haq to‘lash, dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun kompensatsiya berish; ishdan bo‘shatilganda nafaqa to‘lash; maxsus ish kiyimi, maxsus poyabzal, individual himoya vositalari, sut yoki shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari berish.

 

Toshkent tumani adliya bo‘limi xodimi M.Kurbanov