Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Kimlar "Kartoshka puli" olishi mumkin?


Kimlar "Kartoshka puli" olishi mumkin?

 

Assalomu aleykum sizga murojatim men 2023-yil 11-dekabr kuni oʻz xohishimga binoan ishdan boshashga ariza yozdim. Bugun ishxonada sheriklarimga kartoshka puli tushdi lyekin menga tushmadi, kein bugalterga telufon qilib soʻraganimda manga tushmasligini aytdi. Bugalterni shu gapi togʻrimi? Men 7 yil ishlaganman va mehnat tatiliga har yili chiqganman bu yil ham yil boshida mehnat tatili oldim yendi menga (raschotnoy) hisoblanib menga pul tushishi kerakmi yoqmi? Iltimos menga huquqiy tushuncha bersangiz.

Mazkur qoʻshimcha toʻlov summasi va toʻlash tartibi jamoa shartnomasida belgilanadi. Mehnat kodeksining 299-moddasiga koʻra ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishi mumkin.

Bunda ragʻbatlantirish turlari (shu jumladan moddiy), ularni qoʻllash tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki mehnat tartibi qoidalari hamda mehnat toʻgʻrisidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va mehnat shartnomasida belgilanadi.

Jamoa shartnomasida barcha xodimlarga kartoshka puli toʻlanishi belgilangan boʻlsa, bu pul sizga ham toʻlanishi kerak. Chunki MK 160-moddasiga koʻra siz ariza bergan vaqtdan soʻng 14 kun oʻtib mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq chiqariladi. Ungacha siz xodim maqomida boʻlasiz.

Bunga yana bir asos MK 172-moddasi sanaladi. Ushbu normaning toʻrtinchi qismiga asosan oʻzi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyingi davrda biror-bir toʻlovlar (oy, chorak, yil yakunlari boʻyicha mukofotlar) hisoblangan taqdirda, ushbu toʻlovlar xodim tomonidan tegishli talab qoʻyilganidan keyin uch kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.

JAVOB - Kartoshka puli tashkilotda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarga beriladi. Shu sababli siz ham kartoshka pulini olishingiz mumkin.