Янгиликлар
Xodimlarni ish vaqtidan tashqari turli majlis va tadbirlarga jalb qilish mumkin emas
Xodimlarni ish vaqtidan tashqari turli majlis va tadbirlarga jalb qilish mumkin emas
Salom savolim shundan iborat. Maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlayman. Direktorimiz ishdan keyin, bayram kunlarida soat 20.00 da zum orqali yigilish qilib bizni yigʻilishga kirishga majburlaydi. Men shu yigʻilishga kirishga majburmanmi? Axir men oʻz ishimni yani ushbu kungi darsimni oʻtib kelganmanku?
Mehnat kodeksi kodeks 115-moddasiga koʻra, ish beruvchi xodimdan quyidagilarni talab qilishga haqli emas:
-agar ushbu Kodeksda va boshqa qonunda boshqacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilmagan ishni bajarishni;
-qonunga xilof boʻlgan, xodimning yoki boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyadigan, ularning shaʼni, qadr-qimmati hamda ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishni.
Shuningdek, ushbu kodeks 184-moddasida pedagog xodimlarning ish vaqti haftasiga 36 soat ekanligi belgilangan. Bunda kunlik ish vaqti 6 soatni tashkil etishini hisobga olsak, ish beruvchi ushbu vaqtdan tashqari holatda xodimni turli majlis yoki tadbirlarga jalb qilishi notoʻgʻridir.
Bunday vaziyatlarda ish beruvchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 49-moddasi bilan (yaʼni mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish) bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
JAVOB-Ish beruvchi ish vaqtidan keyin xodimni biror masalada bezovta qilishi mehnat qonunchiligini buzish sanaladi.