Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Ustamalar notoʻgʻri toʻlangani tufayli javobgarlik direktorning zimmasida boʻladimi?


 

Ustamalar notoʻgʻri toʻlangani tufayli javobgarlik direktorning zimmasida boʻladimi?

 

Notoʻgri toʻlangan deb topilgan ustama derektor hisobidan toʻlanishi qanchalik toʻgri ustamani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi ham tekshirib oladi. Kamissiya 7 kishidan iborat boʻlib bitta derektorni ovozi hal qilmaydi. Ustamani oʻkituvchini oʻzi oladiku?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”nizom 16-bandiga asosan umumtaʼlim muassasasi pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, xodimlarni mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatishning toʻgʻri, xolis va adolatli amalga oshirilishi uchun javobgarlik Ishchi guruh rahbari zimmasiga yuklatiladi.

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, ustamaning toʻgʻri toʻlanishi uchun Ishchi guruh rahbari javobgar ekanligi qayd etilgan. Bunda nizomning 10-bandiga muvofiq ishchi guruh rahbari – direktor hisoblanadi. Shunga koʻra, ustamalar notoʻgʻri toʻlanganligi tufayli javobgarlik direktorning zimmasida hisoblanadi.