Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Maktab va bogʻchalarda Yangi yil bayramini oʻtkazish boʻyicha vazirlik tomonidan tegishli koʻrsatmalar berildi


Maktab va bogʻchalarda Yangi yil bayramini oʻtkazish boʻyicha vazirlik tomonidan tegishli koʻrsatmalar berildi

 

Maktabgacha maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 14-dekabrdagi 06-06/3-3389-sonli koʻrsatma xati (https://t.me/talim_hujjatlar/91) bilan taʼlim muassasalarida Yangi yil bayrami tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Unga koʻra: taʼlim tashkilotlari hududi, binosi hamda sinf xonalarini tartibga keltirish, maktab hovlisidagi tabiiy archani (agar boʻlsa) oʻquvchi va tarbiyalanuvchilar tomonidan yasalgan turli bezaklar bilan bezatish;

-maktab foyesi, faollar yoki sport zallarini oʻquvchi va tarbiyalanuvchilar tomonidan yasalgan turli bezaklar bilan bezatish;

-bayram tadbirlarini taʼlim tashkilotlari hududida, qiziqarli holda tashkil etish va muassasa hududini bayramona bezatish;

-bayram tadbirlarini taʼlim tashkilotlarining guruhlarida va boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun sinf xonalarida, dars mashgʻulotlariga xalaqit bermagan holda oʻtkazish;

-taʼlim tashkilotlarining yuqori sinflari oʻrtasida oʻquvchilar tomonidan tayyorlanadigan bezaklar (qogʻozdan yasalgan qor parchalari va boshqa Yangi yil bayramiga xos boʻlgan bezaklar) tanlovi, “Eng chiroyli bezatilgan sinf” va “Eng yaxshi Yangi yil tabriknomasi” (sinf nomidan maktabga, oʻqituvchilarga, ota-onalarga) kabi koʻrik-tanlovlar tashkil etish tavsiya etiladi. (https://t.me/xalqtaliminfo/4679)

Quyidagilar taqiqlanadi:

-bayram bahonasida tabiiy archa daraxtlarining shoxlarini sindirish yoki ularni boshqa joyga koʻchirish;

-maktabni turli xil elektr yoritgichlar bilan yasatish;

-oʻquvchilar tomonidan turli xil pirotexnik vositalarni olib kelish hamda ulardan foydalanish;

-bayramini nishonlash bahonasida oʻquvchilar va pedagog xodimlar tomonidan noqonuniy pul yigʻimlarini tashkil etish;

-bayramini restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida oʻtkazish;

-oʻquvchilar va ularning ota-onalari tomonidan bayram munosabati bilan taʼlim tashkiloti rahbariyati va pedagog xodimlariga turli xil sovgʻalar taqdim etish.