Янгиликлар
OʻQITUVCHILARNI TUNGI NAVBATCHILIKKA QOʻYISH TOʻGʻRIMI?
OʻQITUVCHILARNI TUNGI NAVBATCHILIKKA QOʻYISH TOʻGʻRIMI?
Assalomu aleykum! Savolim quydagidan iborat boʻladi. Oʻqituvchilani tungi navbatchilikka quyish qanchalik toʻgʻri? Bunday holat majburiy mehntga kirmaydimi? Umuman bunday buyruqni kimlar berishga hakli? Navbatchilik kilmaslikka xaqqimiz bormi?
Chunki Xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 206-son buyrugʻida belgilangan oʻqituvchining lavozim majburiyatlari ichida bunday majburiyat yoʻq.
Demak, bu holatda ish beruvchi xodimga bu majburiyatni yuklashi huquqiy jihatdan asosga ega emas.
Mehnat kodeksi kodeks 115-moddasiga koʻra ish beruvchi xodimdan quyidagilarni talab qilishga haqli emas:
-agar ushbu Kodeksda va boshqa qonunda boshqacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilmagan ishni bajarishni;
-qonunga xilof boʻlgan, xodimning yoki boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyadigan, ularning shaʼni, qadr-qimmati hamda ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishni.
Bundan koʻrinib turibdiki, ish beruvchi oʻqituvchilarga ularning mehnat vazifangizdan boshqa ishni buyurishi qonunan taʼqiqlanadi.
Bunday vaziyatlarda ish beruvchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 49-moddasi bilan (yaʼni mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish) bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Shunga koʻra, maktabda oʻqituvchilar oʻrtasida navbatchilikni shakllantirish noqonuniy hisoblanadi.
JAVOB-Oʻqituvchilarga navbatchilik qildish majburiyatini yuklashning oʻzi notoʻgʻri.