Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Ikki ish joydan ham dekret puli olish mumkinmi?


Ikki ish joydan ham dekret puli olish mumkinmi?

 

Men ikki joyda ishlayman maktabda farrosh (0,5 stavka) boʻlib va bogʻchada tarbiyachi yordamchi boʻlib (0,5 stafka) yaqinda dekretga chiqishim kerak savolim qanday qilib ikki joydan dekret puli olishim moʻmkin?

Mehnat kodeksining 404-moddasiga binoan ayolga tugʻruqqacha yetmish kalendar kun hamda tugʻruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tugʻish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tugʻilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tugʻish taʼtili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda nafaqa toʻlanadi.

Endi qarang! Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktyabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 18-bandiga koʻra oʻrindoshlar oʻrindoshlik asosidagi ish joyi boʻyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tugʻish nafaqalari olish huquqiga egadir.

Shunday ekan siz asosiy va oʻrindoshlikdagi ish joyingizdan homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqishingiz va dekret puli olishingiz mumkin.

JAVOB- Ikki ish joyingizdan ham dekret olishga haqlisiz.