Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Gaz xodimlari soat 21:00 dan keyin reyd oʻtkazyapmiz deb uylarga kirishi va tekshiruv oʻtkazishi mumkinmi?


Gaz xodimlari soat 21:00 dan keyin reyd oʻtkazyapmiz deb uylarga kirishi va tekshiruv oʻtkazishi mumkinmi?

 

Savolim quyidagicha: Bizning mahallada kunning qorongʻu vaqtida 21:00 dan keyin tuman gaz xodimlari tomonidan reyd uyushtirilib uylarga kirib borib huddiki gaz soʻrgʻichga reyd qilyapmiz deb hammani bezovta qilmoqda. Ularda bunday huquq bormi? Agar bor bolsa tartibi qanday. Gaz soʻrgʻichga jarima belgilanganmi? 

JAVOB-Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qaroriga 2-ilovada tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari 85-bandiga koʻra isteʼmolchi Byuroning vakolatli xodimlariga sutkaning istalgan vaqtida tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborini koʻzdan kechirish uchun kirish imkoniyatini taʼminlashi shart.

Bunda maishiy isteʼmolchilarning tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborlarini koʻzdan kechirish soat 08:00 dan 20:00 gacha amalga oshiriladi.

Qarang! Ushbu qoidalarining 3-bandiga asosan maishiy ehtiyoj (ovqat tayyorlash, issiq suv va isitish) uchun tabiiy gazdan foydalanuvchi aholi maishiy isteʼmolchilar hisoblanadi.

Shunga koʻra, tuman gaz xodimlari soat 20:00dan keyin sizning uyingizga kirishi va tekshiruv oʻtkazishi mumkin emas.