Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Oʻqituvchi dars jarayonida oʻquvchini urib, shaxsiyatiga tegsa qonunchilikda qanday choralar bor?


Oʻqituvchi dars jarayonida oʻquvchini urib, shaxsiyatiga tegsa qonunchilikda qanday choralar bor?

 

Assalomu aleykum. Oʻqituvchi dars jarayonida maktab oʻquvchisini urib, shaxsiyatiga tegsa qonunchilikda qanday choralar qoʻllaniladi?

Pedagogning bolalarni haqorat qilishi va ularga qoʻl koʻtarishi huquq va ahloq mezonlariga mos kelmaydi.

Bu vaziyatda oʻsha shaxsni Mehnat kodeksi 161-moddasi ikkinchi qismi beshinchi bandi bilan (xodimning oʻz mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi) ishdan boʻshatish mumkin.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrugʻiga 1-ilovada tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 13-bandiga koʻra oʻqituvchilarga oʻquvchilar bilan munosabatda oʻquvchilarni jazolash maqsadida ularga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq oʻtkazish holatlariga yoʻl qoʻyilmaydi.

Aynan shu qoidaga koʻra oʻquvchiga tazyiq oʻtkazmaslik (garchi qoʻl koʻratmasa-da, u bilan urushmaslik) oʻqituvchining majburiyatlaridan biri hisoblanadi. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, MK 161-moddasida mehnat intizomini bir marta qoʻpol ravishda buzish holati keltirilgan.

Ushbu kodeks 162-mododasiga muvofiq xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan mehnat majburiyatlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishlari roʻyxati:

-ichki mehnat tartibi qoidalari;

-ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tashkilot mulkdori va rahbari oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi mehnat shartnomasi;

-oʻziga nisbatan intizom toʻgʻrisidagi ustavlar va nizomlarning amal qilishi tatbiq etiladigan ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qoʻllaniladigan intizom toʻgʻrisidagi ustavlar hamda nizomlar bilan belgilanadi.

Shunga koʻra oʻqituvchilarga qoʻl koʻtarmaslik va ularni haqorat qilmaslik majburiyati MMTV 282-son buyrugʻida qayd etilgan.

JAVOB - bu holatda oʻqituvchini ishdan boʻshatish huquqiy asosga ega.