Янгиликлар
Hokimiyatdagilar ishchi guruh tashkil etib maktablarni tekshirishga haqqi bormi?
Hokimiyatdagilar ishchi guruh tashkil etib maktablarni tekshirishga haqqi bormi?
Assalomu alaykum men oʻqituvchiman yaqinda hokimiyatda ish guruh maktablarni tekshirgani chiqibdi. Qaysi maktabga kirsa davomat, oʻquvchilar formasi, obodonlashtirish kabi narsalarni oʻrganib, dars jarayoniga kamera bilan kirib oʻquvchilarni daftar, kitob, formasini tekshirib usha joyni uzida fan boʻyicha savol berayapdi ekan. Bu jarayonni vedioga olib guruhlarga tashlayapdi.Bir vedio ijtimoiy tarmoqlarga chiqib ketib oʻqituvchilarni obruyiga putur yetkazayapdi. Bu odamlarni shunday qilishga qonuniy asosi bormi? Uzi maktablarni tekshirish tartibi qanday?
Avvalo, shuni aytish kerakki yangi tahrirdagi Konsitutsiyamizning 52-moddasi ikkinchi qismida davlat oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan oʻsishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishi mustahkamlab qoʻyilgan.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrugʻiga 1-ilovada tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidaning 11-bandiga koʻra oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari taʼlim muassasasidagi dars jarayoniga aralashishi mumkin emas.
Shuningdek, bunday huquq boshqa shaxslarga ham berilmagan. Bunday harakat esa Maʼmuriy javogarlik toʻgʻrisdagi kodeksning 197-5-moddasiga muvofiq taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish:
-fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha;
-mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
JAVOB-shu qoidaga koʻra bu vaziyatda sizlar tuman prokuraturasiga murojaat qilishingiz lozim.