Янгиликлар
Nogironligi bor fuqarolarga ertaroq pensiyaga chiqishda qanday imtiyozlar bor?
Nogironligi bor fuqarolarga ertaroq pensiyaga chiqishda qanday imtiyozlar bor?
Assalomu alaykum opam 1973-yilda tugʻilgan hozirda nogironligi boʻlgan bolalar oʻrta maxsus maktabida direktor oʻrinbosari lavozimida ishlaydi. Sogʻligʻini yomonligi yaʼni qandli diabet kasalligi boʻyicha poleklinikada uchotda turadi. Ularni stajlari 30yil. Ishini ogʻirligi hamda sogʻligʻi sababli ertaroq pensiyaga chiqishga qanday imtiyozlar bor?
Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonun 7-moddasiga koʻra yoshga doir pensiya olish huquqiga:
-erkaklar — 60 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 25 yil boʻlgan taqdirda;
-ayollar — 55 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʻlgan taqdirda ega boʻladilar.
Demak, umumiy holatda ayollar ish staji 20 yil boʻlganda va ularning yoshi 55ga toʻlganda pensiyaga chiqishi mumkin.
Lekin yigirma yillik ish staji boʻlgan ayollar ellik toʻrt yoshga toʻlganda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar. Bu qoida ushbu qonun 12-1-moddasida qayd etilgan.
Yuqoridagi qoidalarning mazmuniga koʻra oʻsha ayol xodim 54 yoshga toʻlgandan soʻng imtiyozli ravishda pensiyaga chiqishi mumkin. Yoki u hozirda nogironlik pensiyasiga chiqishi mumkin.
Ushbu qonunring 15-moddasiga muvofiq nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Qoidaning mazmuniga koʻra opangizning nogironligi bor deb topilsa, nogironlik pensiyasi olishga haqli. Ushbu qonunning 17-moddasi birinchi qismida mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qatʼi nazar, tayinlanishi belgilangan.
Shuningdek, mazkur normaning ikkinchi qismiga umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar quyidagicha ish stajiga ega boʻlgan taqdirda tayinlanadi:
Yosh Ish staji
23 yoshga qadar - 2
23 yoshdan 26 yoshga qadar - 3
26 yoshdan 31 yoshga qadar - 5
31 yoshdan 36 yoshga qadar - 7
36 yoshdan 41 yoshga qadar - 9
41 yoshdan 46 yoshga qadar - 11
46 yoshdan 51 yoshga qadar - 14
51 yoshdan 56 yoshga qadar - 17
56 yosh va undan oshganda - 20