Янгиликлар
Kontraktning 12 foizini qaytarib olish mumkinmi?
Kontraktning 12 foizini qaytarib olish mumkinmi?
Assalomu alaykum. Men hozirda sirtqi 5-kurs talabasiman. Men
4-kurslik vaqtimda, 2022-yilning sentyabr oyidan, 2023-yilning avgust oyigacha maktabda oʻqituvchi boʻlib ishladim (hozir esa hyech qaysi davlat tashkilotida ishlamayabman). 4-kursligimda toʻlagan kontraktimni maktabdan olgan oyligimdan emas, oilaviy pulimizdan toʻlaganman. 4-kurs konraktimni 12% ini qatarib olishim mumkinmi? Agar iloji boʻlsa buning uchun nimalar qilishim kerak?
Kontrakt puli uchun yoʻnaltirilgan daromaddan soliq toʻlangan boʻlishi shart. Boshqacha aytganda bu daromad rasmiy manbaga ega boʻlishi talab etiladi.
Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish (oʻzining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqdan ozod qilinadi.
Demak, bu imtiyoz ota-onaga farzandining yoki talabaning oʻziga yoshidan qatʼiy nazar kontrakti uchun ish haqi yoki rasmiy boshqa daromadlaridan (soliq toʻlangan daromad) toʻlov qilgan shaxsga nisbatan qoʻllaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (Roʻyxat raqami 2107) 16-bandiga asosan:
Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun toʻlov jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda (naqd pul hisobiga, jismoniy shaxslarning banklardagi omonat va boshqa hisob raqamlaridan yoki plastik kartalardan foydalangan holda) amalga oshirilganda, soliq chegirmasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 396 — 398-moddalarida nazarda tutilgan tartibda davlat soliq xizmati organlariga jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirish yoʻli orqali berilishi mumkin.
Yuqoridagi qoidalarga muvofiq siz toʻlov kontrakti uchun toʻlagan pulingizni qaytarib olishingiz mumkin.
JAVOB-Soliq summasini qaytarish mumkin, faqat ushbu kontrakt uchun toʻlangan pullar rasmiy manbaga asoslansa (yaʼni ushbu daromaddan soliq undirilgan boʻlishi kerak), kontrakt summasidan soliqni qaytarib olishingiz mumkin.