Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Sinfda davomat kam boʻlsa, sinf rahbarlik toʻlovi ushlab qolinadimi?


Sinfda davomat kam boʻlsa, sinf rahbarlik toʻlovi

ushlab qolinadimi?

 

Savolim shundan iboratki, maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlayman. 2023-yil noyabr oylikdan sinf rahbarlik toʻlanmabdi. Sababini soʻrasam Maktabimizni OʻIBDOʻ sinfimdagi davomat yaxshi boʻlmaganligi sababli sinf rahbarligimni 100 %  kesib tashlabdi. Shu qonuniymi? Kimga va qayerga qaysi qonun bilan murojaat qilsam boʻladi?

Bu holatda sizga sinf rahbarlik uchun qoʻshimcha toʻlovni ushlab qolish noqonuniy: birinchidan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 27.06.2023-yildagi 190-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi sinf rahbarining yoʻriqnomasiga muvofiq, sinf rahbari sinfdagi davomatni nazorat qilishi, bu haqida ota-onalar bilan bogʻlanib, kelmaganlik sabablarini aniqlashi va maktab rahbariyatiga axborot kiritishi kerak.

Ushbu buyruqning 1-ilovasi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 01.07.2021-yil 206-sonli buyrugʻiga asosan MMIBDOʻning lavozim majburiyatlaridan biri bu sinf rahbarlarining faoliyatini tashkil etish, oʻquvchilarining davomatlarini nazorat qilish hisoblanadi.

Yuqoridagi qoidaning mazmuniga koʻra, sinfdagi davomadni taʼminlashga sinf rahbari javobgar emas. U davomadni oʻz vaqtida amalga oshirib, darsga kelmagan oʻquvchilar haqida yuqoridagi majburiyatini bajarishi kifoya.

Ikkinchidan, Mehnat kodeksining 269-moddasiga koʻra umumiy qoidaga koʻra xodimning yozma roziligi bilan, xodimning roziligi boʻlmagan taqdirda esa ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq, ish haqidan ushlab qolinishi mumkin.

Xodimning roziligisiz, uning ish haqidan ushlab qolish asoslari ichida sizdagi holat mavjud emas.

Shunday ekan sizning ish haqingizdan faqat sudning qaroriga muvofiq ushlab qolish mumkin.

Maʼlumot uchun, xodimning ish haqi tarkibiga Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 3-ilovada “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida”gi nizom 3-bandiga binoan bazaviy tarif stavkasi, ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar kiritiladi.

Mana shu qoidaga koʻra sinf rahbarlik uchun toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlovni ushlab qolish notoʻgʻri. Bu holatda ish beruvchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasiga binoan mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Sizga mazkur holatda tuman adliya boʻlimiga murojaat qilish orqali ulardan buzilgan huquqlaringizni tiklashda amaliy yordam soʻrashni tavsiya qilamiz.