Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

2-kurs talabalariga ishlashga ruxsat berilganmi?


2-kurs talabalariga ishlashga ruxsat berilganmi?

 

Maktabda ishlashim mumkinmi chunki men institutda 2-kurs talim sirtki bulimida tahsil olaman. Shuni menga konuniy asoslar bilan keltirib bering. Men ishga kirmokchi bulgan maktabda dars soatlarim bor lekin yekonomist adliyadan ruxsat olib keling dedi.

Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 8-bandiga koʻra oliy taʼlim muassasasining pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarining 3-kursida oʻqiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qoʻyilishi mumkin va ularga oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Demak, pedagogika yoʻnalishida 3-kursda oʻqiyotgan talabalar bemalol dars bera oladi. Lekin ularga oʻrta maxsus xodim sifatida haq toʻlanadi.

Shunga koʻra ushbu OTM talabasi oʻz yoʻnalishi boʻyicha maktabda 3-kursdan boshlab ishlashi mumkin.

JAVOB-yuqoridagilarga koʻra, Siz 2-kurs boʻlganingiz uchun dars bera olmaysiz.