Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Maktablarda kasalliklar sabab taʼlim jarayoni toʻxtatiladimi?


Maktablarda kasalliklar sabab taʼlim jarayoni toʻxtatiladimi?

 

Hozirda aksariyat mamlakatlar qatori yurtimizda ham mavsumiy kasalliklar tarqalishi koʻpaygan. Ayniqsa, bolalarda bu jarayon biroz ogʻir kechmoqda.

Nurmat Atabekovning aytishicha (https://t.me/ssvuz/14531), Mavsumiy kasalliklar sabab oʻquv muassasalarida taʼlim jarayonini toʻxtatishga asos yoʻq.

Aholi orasida gripp mavsumi haqida "bu — yangi pandemiya" degan mish-mishlar uchramoqda. Bu gaplar mutlaqo asossiz. Aytish kerakki, bu hatto epidemiya ham emas.

Oʻtkir respirator kasalliklar tarqalishi poytaxtimizda va yurtimizning ayrim hududlarida koʻproq qayd etilayotgani kasallik tarqalishi epidemik boʻsagʻaga yetganiga asos boʻla olmaydi.

        Shu sababdan ham oʻquv muassasalarida taʼlim jarayonini toʻxtatishga yetarli asos koʻrmayapmiz.

        Hozirgi vaziyatda bizning vazifamiz: bemorlarni alohidalash, ularni jamoat joylaridan uzoqda tutish!

Shuning uchun ham ota-onalarga kasallik belgilari boʻlgan farzandlarini bogʻcha va maktablarga, oliy taʼlim muassasalariga yubormaslikni maslahat beramiz. Bunday paytda shifokor koʻrsatmasiga asosan, uy sharoitida zarur muolajalarni olib borish maqsadga muvofiq.