Янгиликлар
Doverennost qancha muddatga amal qiladi?
Doverennost qancha muddatga amal qiladi?
Assoalomu aleykum. Mening nomimda uy va avtomashina bor, men opamga generalni dovernost berip, kozogiston ruspublikasiga kuchip ketmokchi yedim, shu dovernost kancha vakt amal kiladi, keyinchalik uy sotilganda men ishtirok yetishim shartmi?
Fuqarolik kodeksining 139-moddasiga koʻra, ishonchnoma koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.
Agar ishonchnomada muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida oʻz kuchini saqlaydi.
Mana shu qoidaga koʻra siz ishonchnomada uning muddatini maksimal 3 yil etib belgilashingiz mumkin. Bunda ushbu ishonchnoma 135-moddasi ikkinchi qismiga koʻra noratial tartibda tasdiqlanishi kerak.
Siz ishonchnoma bergandan keyin uy-joy sotilganda oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishda qatnashmasligingiz mumkin.
Chunki ishonch bildiruvchi tomonidan ishonchli vakilga uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi (FK 134-m).
Eʼtibor bergan boʻlsangiz, qoidada ishonchnoma vakillik qilish uchun asos ekanligi qayd etilgan. Vakillik esa vakil tomonidan vakolat beruvchi nomidan tuzilgan bitim vakolat beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi, oʻzgartiradi va bekor qiladi.
Shunday ekan, siz shartnomani rasmiylashtirishda qatnashmasligingiz mumkin.