Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Fuqarolar mashina tezligini kamaytiraman deb yoʻllarda toʻsiqlar oʻrnatishi mumkin emas


Fuqarolar mashina tezligini kamaytiraman deb yoʻllarda toʻsiqlar oʻrnatishi mumkin emas

 

Assalomu alaykum savolim bor edi. Viloyatda chekka qishloqda yashayman. Koʻchamiz shu paytgacha chang eʼtiborsiz kichkina koʻcha edi, lekin moshina koʻp oʻtadi. Yaqinda koʻchamizga SHPS (mayda tosh, tosh kukuni, qum aralash) tashlab tekkis qilib berishdi. Kichkina koʻchada bolalarimiz oʻynab yuradi. Bazni noinsof haydovchilar 60-70 tezlikda oʻtishni boshlashdi. Shunga haydovchilar tezligini pasaytirish maqsadida men har joylarga tuproq, tosh yigʻib (lejayushi antipolitsiya) yasadim. Ucharlar "haqqing yoʻq shtraf toʻlaysan, shikoyat qilaman" deb dagʻ-dagʻa qilishyapti. Hatto janjallashib ham qoldik. Savol: Men qilgan ishim qonuniy mumkin emasmi. Agar shikoyat qilishsa shtraf toʻlaymanmi. Agar bitta yarimta "uchar" kelib koʻrmay qolib avariya sodir boʻlsa, men ayibdor boʻlamanmi. Oʻzi shunaqa tuproq yoki boshqa narsa bilan uyum qilishimiz mumkinmi?

Siz bu vaziyatda notoʻgʻri yoʻl tutibsiz. Chunki yoʻllarga oʻzboshimchalik bilan bunday toʻsiqlar oʻrnatish mumkin emas.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qaroriga 1-ILOVA "Yoʻl harakati qoidalari"ning 4-bandiga muvofiq Yoʻl harakati qatnashchilari yoʻldagi boshqa harakat qatnashchilarining harakatlanishiga toʻsqinlik qilmasligi va xavf tugʻdirmasliklari kerak.

Tegishli vakolatga ega boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslarga yoʻl qoplamasini buzish, oʻzgartirish yoki zarar yetkazish, ifloslantirish, yoʻl belgilarini, svetoforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa texnik vositalarini oʻzboshimchalik bilan olib tashlash, oʻrnatish, toʻsib qoʻyish, shikastlantirish, yoʻllarda harakatlanishga toʻsqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish, “sunʼiy notekislik” qurilmalarini oʻrnatish taqiqlanadi.

Harakatlanishga toʻsqinlik yuzaga keltiradigan shaxs uni tezda bartaraf qilish uchun imkoniyati darajasida barcha choralarni koʻrishi, agar buning iloji boʻlmasa, mavjud barcha vositalar bilan xavf-xatar haqida harakat qatnashchilarini ogohlantirishi va ichki ishlar organlariga (keyingi oʻrinlarda IIO) xabar berishi shart.

❗️Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 147-moddasida aynan yuqorida aytib oʻtilgan harakatlar uchun javobgarlik belgilangan boʻlib, buning uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida jarima solinishi mumkin.