Янгиликлар
Nogironligi bor farzandli xodimlarga qanday imtiyozlar bor?
Nogironligi bor farzandli xodimlarga qanday imtiyozlar bor?
Assalom alekum rahmat javob uchun yana bir savolim oʻgʻlim 2 guruh nogironi, man maktabda oʻqituvchi boʻlib ishleman, ish joyimdan manga qanday imtiyozlar bor, mehnat taʼtili boʻyicha qanday yordamlar bor
Mehnat kodeksi sizga bir qator imtiyozlarni beradi:
1. Toʻliqsiz ish vaqti rejimida ishlash. Bunda MK 183- hamda 398-moddasiga muvofiq oʻn olti yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bola) ota-onasidan birining (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsning iltimosiga koʻra tibbiy xulosaga binoan ish beruvchi xodimga toʻliqsiz ish vaqti berishi lozim.
2. Mehnat taʼtilini qulay vaqtda olish. MK 2298-moddasiga koʻra oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga ularning xohishiga koʻra har yilgi mehnat taʼtili unga qulay boʻlgan vaqtda beriladi.
3. Ijtimoiy taʼtil olish. MK 237-moddasiga asosan oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan biri (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxs) davomiyligi toʻrt kalendar kun boʻlgan har yilgi ijtimoiy taʼtilda boʻlgan davrida uning ushbu taʼtil davri uchun oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.
4. Ish haqi saqlanmagan taʼtil olish. MK 242-moddasiga binoan oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani tarbiyalayotgan ota-onasining biriga (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsga) — har yili oʻn toʻrt kalendar kungacha ish haqi saqlanmaydigan taʼtil majburiy beriladi.
5. Tungi ishlarga jalb qilinmaslik. MK 396-moddasiga koʻra oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan biri (ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxs) faqat oʻz yozma roziligi bilan tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilinishi, shuningdek xizmat safariga yuborilishi mumkin.
6. Qoʻshimcha dam olish kuni olish. MK 399-moddasiga asosan oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsga) oyiga qoʻshimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa toʻlanadi.
7. Qoʻshimcha taʼtil olish. MK 401-moddasiga binoan oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsga) oyiga qoʻshimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa toʻlanadi.