Янгиликлар
Pedagog hodimlarni direktor jamg’armasidan rag’batlantirish tartibi
Pedagog hodimlarni direktor jamg’armasidan rag’batlantirish tartibi
Hozirgi kunda jamiyatimizda Pedagog hodimlarni munosib darajada qadirlash maqsadida ko’plab Normativ huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda shulardan biri bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son Qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida" gi nizom tasdiqlangan
Ushbu nizomga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish uchun umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarga ta’lim beradigan barcha tur va nomdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda maktab-internatlarda direktor jamg‘armasi tashkil etildi.
Qarorning 1-ilovasi 9-bandiga ko‘ra, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumta’lim muassasalaridagi tashkil etiladigan ishchi guruh qarori bilan ochiq muhokama orqali hamda umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi fikrlarini hisobga olib, Jamg‘armada nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi. Nizomning 29-bandida umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktyabr— O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, Nizomning 32-bandida Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun tegishli umumta’lim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan o‘qituvchisi mazkur Nizomning 29-bandidan tashqari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir yo‘la mukofot puli to‘lash yo‘li bilan rag‘batlantirilishi mumkin.
Ustozi ulug’langan jamiyatning kelajagi porloqdir.
· Bekobod tuman Adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Rizaqulov Xusniddin Maxamadiyevich
·
·