Янгиликлар
Maktablarda pedagog hodimlar qanday holatlarda moddiy yordam olishga haqli va qay tartibda olishi mumkin.
Maktablarda pedagog hodimlar qanday holatlarda moddiy yordam olishga haqli va qay tartibda olishi mumkin.
Pedagog hodimlarning moddiy yordam olish tartibi “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan hodimlarini rag’batlantirishning direktor jamg’armasini tashkil etish va uning mablag’laridan foydalanish tartibi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
tartibga solinadi 30-sentabrdagi 823-son qarori asosida tartibga solinadi.
Moddiy yordam maktabda tashkil qilingan ishchi gruxning qaroriga ko’ra belgilanadi.Ishchi grux umumiy o’rta ta’lim muassasalari hodimlariga ularning murojatlari yoki kasaba uyushmasi qo’mitasining tashabbusiga ko’ra moddiy yordam belgilaydi. Moddiy yordamni olish tartibi ikki xil yo’l bilan amalga oshiriladi.
Birinchisi Pedagog hodimlarning murojatlari,ikkinchisi kasaba uyushmasining tashabbusiga ko’ra
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori 33-bandiga ko’ra Umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.
·
· Bekobod tuman Adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti X.M.Rizaqulov