Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Xodimlarni mehnat ta’tiladan chaqirib olish


Xodimlarni mehnat ta’tiladan chaqirib olish

 

Mehnat kodeksining 232-moddasiga asosan har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Mehnat kodeksda shunday toifa vakillari borki, bu toifa vakillarini ta’tildan chaqirib olish mumkin emas. Kodeksning 232-moddasi 2-qismiga asosan

- 18 yoshga to‘lmagan xodimlarni,

- homilador ayollarni,

- mehnat sharoitlari o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlarni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mehnat kodeksning 230-moddasiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili har yili, ushbu ta’til berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak.

Ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga ko‘ra joriy yilda har yilgi mehnat ta’tilini to‘liq berish imkoni bo‘lmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan ta’tilning 14 kalendar kundan ortiq bo‘lgan qismi keyingi ish yiliga ko‘chirilishi mumkin bo‘lib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart, ya’ni xodimni ta’tildan chaqirib olishda shunga e’tibor berish kerakki, xodim mehnat ta’tilining yaxlit 14 kalendar kuniga teng qismidan joriy yilda foydalanilishi shart.

Ta’til qismlarga bo‘linganda ta’tilning yaxlit bir qismi 14 kalendar kunidan kam bo‘lmasligi kerak.

Xodim ta’tildan chaqirib olinsa ta’til puli taqdiri nima bo‘ladi?

“Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma 21-bandiga ko‘ra xodim ta’tildan chaqirib olinsa va ta’tilning qolgan qismi boshqa muddatga ko‘chirilsa, ta’tilning ko‘chirilgan kunlariga to‘g‘ri keladigan to‘langan o‘rtacha ish haqi summasi bajarilgan ish yoki ishlangan vaqt uchun oylik ish haqi hisobiga yoziladi.
        Ta’tilning foydalanilmagan qismi kunlariga haq to‘lash uchun o‘rtacha ish haqi belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

 

Bekobod tuman adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i:                        A.Iskandarov