Янгиликлар
Ijtimoiy tarmoqlarda birovni ustidan kulish yoki shaxsiyatiga tegadigan gaplarni aytganlarga javobgarlik bormi?
Ijtimoiy tarmoqlarda birovni ustidan kulish yoki shaxsiyatiga tegadigan gaplarni aytganlarga javobgarlik bormi?
Hozir ijtimoiy tarmoqlar orqalida har kuni minglab maʼlumotlar tarqatiladi. Ularning koʻpchiligi shaxslar bilan bogʻliq. Kimdir kimnidir shaxsiy rasmlari, turli xil videolarini tarqatib yuboradi.
Biroq shu vaziyatda videoda shaxsning huquqlari buziladi. Yaʼni bunda oʻsha shaxsga doir maʼlumotlar uning ruxsatisiz tarqatiladi.
Shaxsga doir maʼlumot deganda muayyan jismoniy shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot tushuniladi. (Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun).
Bu maʼlumotlar qatoriga shaxsiy ism-sharifi, yashash yoki ish joyi, uning tasviri, shuningdek u sir saqlanishidan manfaatdor boʻlgan maʼlumotlar kiradi. Bunday maʼlumotlarni tarqatgan har qanday shaxs esa javobgarlikka tortiladi.
Eʼtibor bering! Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 46-2-moddasida shaxsga doir maʼlumotlarni qonunga xilof ravishda yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish:
▪️ fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha;
▪️mansabdor shaxslarga esa — 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilangan.
Agar ushbu harakatlar maʼmuriy javobgarlik qoʻllanilgandan soʻng 1 yil ichida takrorlansa, unda jinoiy javobgarlik chorasi qoʻllaniladi (Jinoyat kodeksi 141-2-moddasi)
Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 41-moddasiga muvofiq haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu kodeks 40-moddasida Tuhmat, yaʼni bila turib yolgʻon, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 60 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi mustahkamlab qoʻyilgan.
maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin 1 yil davomida qayta sodir etilsa unda bu qilmishlarga nisbatan jinoiy javobgar chorasi qoʻllanadi. (Jinoyat kodeksi 139-moddasi tuhmat, 140-moddasi haqorat)
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti Xaitmetov Farxod Shuxratovich