Янгиликлар
Qaynota va qaynonam bizni uydan chiqarishga haqlimi?
Qaynota va qaynonam bizni uydan chiqarishga haqlimi?
Uy-joy kodeksining 32-moddasi birinchi qismiga muvofiq uy, kvartira mulkdorining oila aʼzolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni koʻchirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan boʻlmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar.
Bunda ular mulkdor bergan turar joyga oʻzlarining voyaga yetmagan farzandlarini koʻchirib kiritishga haqlidirlar, oilaning boshqa aʼzolarini esa, uy, kvartira mulkdorining roziligi bilangina koʻchirib kiritishlari mumkin.
Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 5-bandiga muvofiq mulkdor va uning oila aʼzolari oʻrtasida turar joydan foydalanish masalalari yuzasidan nizolar (uyga kiritish, uy-joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish, uydan koʻchirish, shuningdek, mazkur huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan boshqa nizolar) sud tartibida hal qilinadi.
Siz fuqarolik sudiga uy-joydan foydalanish huquqini belgilash haqida murojaat qilishingiz mumkin.
Sud daʼvoyingizni qanoatlantirsa, siz va farzandlaringiz uydan bemalol foydalanishga haqli boʻlasizlar, boshqacha aytganda keyin ular sizlarni oʻz xohishicha uydan hayday olmaydi.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti Mavlanov Baxodir Bazarbay oʻgʻli