Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Keksa yoshdagi shaxslarga beriladigan ayrim imtiyozlar


Keksa yoshdagi shaxslarga beriladigan ayrim imtiyozlar

 

Oʻzbekiston Resrublikasi Prezidentning 2022-yil 15-martdagi PQ-167-son qaroriga asosan keksa yoshdagi shaxslarga beriladigan ayrim imtiyozlar quyidagilardan iborat:

 

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sogʻlomlashtiriladi;

 

Sharoiti ogʻir va kam taʼminlangan keksalarga retseptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;

 

Ogʻir tashxisli kasal hamda nogiron keksalarga shifokorlar retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha summasi kompensatsiya qilinadi;

 

Keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi;

 

Davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari toʻliq qoplab beriladi.

 

Qonunchilikda fuqarolarga shu kabi koʻplab imtiyozlar belgilangan, faqat bu imtiyozlardan foydalanish uchun albatta qayergadir murojaat qilish kerak. Agar kimdir bu imtiyozlardan foydalanaman deb murojaat qilmasa imtiyozlar yozilganicha qogʻozlarda qolib ketaveradi.

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti                     Mavlanov Baxodir Bazarbay oʻgʻli