Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Qonunchilikka koʻra, kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun bolalar nafaqasi beriladi.


Qonunchilikka koʻra, kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun bolalar nafaqasi beriladi.

 

Bolalar nafaqasi “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oila bolalari uchun tayinlanadi.

Bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

-3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bitta farzandi uchun – 250 000 soʻm, yoshi 3 yoshgacha boʻlgan -bitta kichik farzandi uchun –  325 000 soʻm;

-oilaning ikkinchi farzandi uchun qoʻshimcha – 150 000 soʻm;

-oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun – 100 000 soʻmdan.

        Kam taʼminlangan oilaga bolalar nafaqasi yashash joyi boʻyicha oilaning muomalaga layoqatli aʼzosining yozma arizasiga asosan tayinlanadi.

Ariza Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman boʻlimi boshligʻining nomiga yoziladi hamda zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi mahallaga taqdim etiladi va roʻyxatga olinadi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

ariza beruvchi va oila aʼzolarining pasporti yoki ID-kartalari (bunda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinib, asli arizachiga qaytariladi);

bolalari vasiylik ostida boʻlgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi qarorining nusxasi;

oilaning mavjud chorva mollari va parrandalari toʻgʻrisidagi maʼlumot;

ariza beruvchi va uning oila aʼzolari nomidagi tijorat banki hisobvaraqlaridagi mablagʻ qoldiqlari va ariza berilgan oydan oldingi 3 oy mobaynida ularning nomiga oʻtkazilgan pul oʻtkazmalari yuzasidan maʼlumotlarni Markaziy bank tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” ATga taqdim etish toʻgʻrisida oilada birga yashovchi 18 yosh va undan katta yoshdagi muomalaga layoqatli barcha oila aʼzolari imzolari bilan tasdiqlangan ariza.

Oilaning har bir aʼzosiga jami bir oylik oʻrtacha daromad minimal isteʼmol xarajatlari miqdori (hozirda 568 ming soʻmdan) dan oshmaganda kam taʼminlangan deb eʼtirof etiladi.

Bolalar nafaqasini tayinlashda oilaning oxirgi uch oylik daromadi eʼtiborga olinadi.

Bolalar nafaqasini olish uchun oila tarkibiga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohi qayd etilgan er-xotin (yoki ularning biri) va ular bilan birga yashaydigan va ularning qaramogʻida boʻlgan bolalar (shu jumladan, vasiylikka (homiylikka) olingan bolalar), shuningdek, ota-onalari bilan birga yashaydigan va oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshdan katta bolalar (shu jumladan, vasiylikka (homiylikka) olingan bolalar), yolgʻiz onalar (otalar) kiritiladi.

Oila aʼzolarining daromadi yuqori boʻlsa, bittadan ortiq uy-joyi yoki noturar joyi boʻlsa, nomida avtomashinasi boʻlsa, bank hisobvaragʻida puli boʻlsa va boshqa hollarda bolalar nafaqasini berish rad etilishi mumkin.

Bu maʼlumotlar ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasiga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reestri” AT tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni qoʻllagan holda jamlanadi, oʻrganiladi va hisob-kitob qilinadi.

Oilani kam taʼminlangan oila deb eʼtirof etish va unga bolalar nafaqasi tayinlash yoki tayinlashni rad etish avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti               Xaitmetov Farxod Shuxratovich