Янгиликлар
Ishonchnoma nima va uning shakliga qanday talablar qoʻyiladi?
Ishonchnoma nima va uning shakliga qanday talablar qoʻyiladi?
Ishonchnoma ishonch bildiruvchining oʻz ishonchli vakiliga boshqa bir shaxs yoki shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat hisoblanadi.
Yuridik shaxs nomidan, shuningdek yuridik shaxsga ham ishonchnoma faqat yuridik shaxsning ustavida (nizomida) koʻrsatilgan faoliyat maqsadlariga zid boʻlmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi mumkin.
Ishonchnoma oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtiriladi.
Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak. Qonunchilik bilan ishonchnomaning oʻzgacha shakli belgilab qoʻyilgan boshqa hollar bundan mustasno.
Ishonchnoma koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.
Agar ishonchnomada muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida oʻz kuchini saqlaydi.
Berilgan kuni koʻrsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.
Notarius tomonidan tasdiqlanib, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida harakatlarni amalga oshirishga moʻljallangan, amal qilish muddati koʻrsatilmagan ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan bekor qilingunicha oʻz kuchini saqlaydi.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti Nazarimbetov Nurlibay Paraxatovich