Янгиликлар
Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashashni targʻib qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi...
Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashashni targʻib qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi...
Prezident tomonidan 2023 yil 31 oktyabrda imzolangan qonun (OʻRQ–874) bilan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra:
Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar oʻrtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha (4 mln 950 ming soʻmdan 9 mln 900 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashashni targʻib qilish, ushbu mazmundagi qarashlarni, gʻoyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, shuningdek bunday xatti-harakatlarni ragʻbatlantirish BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha (4 mln 950 ming soʻmdan 9 mln 900 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar oʻrtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa BHMning 75 baravaridan 150 baravarigacha (24 mln 750 ming soʻmdan 49 mln 500 ming soʻmgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti Nazarimbetov Nurlibay Paraxatovich