Янгиликлар
KREDIT OLGAN FUQARO VAFOT ETSA, NIMA BOʻLADI?
KREDIT OLGAN FUQARO VAFOT ETSA, NIMA BOʻLADI?
SAVOL.
Savolim, kredit masalasi boʻyicha, kredit olgan fukoro vafot etsa kreditni kim tulaydi? Kafil sugʻurta kompaniyasi boʻlgan, shu xaqida malumot bersangiz. Xozirda kredit olgan odam vafot etganidan keyin sud fuqoroni kredit undirish toʻgʻrisida mulkiga qaror chiqargan. Sud sirtdan koʻrilgan, fuqaro sud karor chikargandan keyin vafot etgan.
JAVOB.
Mazkur vaziyatda vorislik masalasi hal qilinadi, yaʼni qarzdorlik albatta marhumning vorislariga oʻtadi.
Bunda sudning qarori qonuniy kuchga kirib, MIB organiga ijro varaqasi beriladigan boʻlsa, davlat ijrochisi shubhasiz, marhum qarz evaziga qoʻygan va sud qarori bilan undiruv qaratilgan mulkni yoki garovga qoʻyilgan mulkni sotib, kredit qarzini qoplashga harakat qiladi.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi qonunning 12-moddasi mazmuniga koʻra, qarzdor vafot etadigan boʻlsa davlat ijrochisi oʻz qarori bilan vafot etgan qarzdor oʻrniga uning huquqiy vorisini qarzdor sifatida eʼtirof etadi.
Albatta bunda davlat ijrochisi marhumning vorislari aniqlanguniga qadar ijro ishini toʻxtatib turadi (yuqoridagi qonunning 36-moddasi), voris (yoki vorislar) maʼlum boʻlganidan keyin, ijro harakatlarini davom ettiradi. Va keyinchalik majburiy ijro tartibida marhumning garovga qoʻyilgan mulki, yoki uning vorislarga oʻtgan mulki (shuningdek, vorislar mulki) hisobidan qarzni undiradi.
Kredit uchun kafil boʻlgan sugʻurta kompaniyasi masalasiga kelsak, kredit toʻlovi qoplanmaganligi uchun kafillik shartnomasi boʻyicha olgan majburiyati doirasida albatta qarz uchun sugʻurta kompaniyasi ham javobgar hisoblanadi (FK 292-298-moddalr).
Faqat buning uchun kreditor qarzdorga nisbatan ham, kafilga nisbatan ham birdek daʼvo qoʻzgʻatishi, yaʼni sudga (taraflardan hech boʻlmasa bittasi fuqaro boʻlsa, fuqarolik sudiga, boʻlmasa, iqtisodiy sudga) daʼvo arizasi kiritish kerak boʻladi.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov