Янгиликлар
Еtim bolalar) uchun imtiyozlar.
Еtim bolalar) uchun imtiyozlar.
Qonunchilikka ko‘ra, voyaga yetmagan shaxslar o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga yoki ularning mansabdor shaxslariga mustaqil ravishda murojaat berishga haqli.
Bunda voyaga yetmagan shaxslar to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lmaganligi sababli ularning murojaatlarini ko‘rib chiqmasdan qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonunchilikka ko‘ra, o‘zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yilda ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratilishi belgilangan.
Bunda, mazkur toifaga kiruvchi nogironligi bo‘lgan bolalarga kvartiralar ko‘p qavatli uylarning 3-qavatigacha ajratiladi.
Uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq 30 yoshga to‘lgungacha uni sotish huquqisiz beriladi.
Yangiyo`l tumani adliya bo`limi
yuridik xizmat ko`rsatish
Markazi boshlig`i S.Djamalov