Янгиликлар
O‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlarga yillik mehnat ta`tili beriladimi shu bilan birgalikda mehnatga layoqatsizlik varaqalari uchun nafaqalar to‘lash tartibi qanday?
O‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlarga yillik mehnat ta`tili beriladimi shu bilan birgalikda mehnatga layoqatsizlik varaqalari uchun nafaqalar to‘lash tartibi qanday?
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori ilovasidagi O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida
NIZOMga asosan O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha ta’tillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi.
Agar o‘rindoshlik asosida ishlashning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan bo‘lsa, u holda o‘rindoshlik asosidagi ishda ta’til uchun ishlangan vaqtga proporsional haq to‘lanadi.
Birinchi ish yilida olti oy ishlagan o‘rindoshlarning mehnat ta’tiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun mehnat ta’tiliga o‘rindoshlik asosidagi ishning o‘rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq to‘lanadi.
Asosiy ish joyi bo‘yicha haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining davomiyligi o‘rindoshlik asosidagi ish haqi to‘lanadigan mehnat ta’tilining davomiyligidan ortiq bo‘lsa, u holda ish beruvchi o‘rindoshning iltimosiga ko‘ra unga o‘rindoshlik asosidagi ish haqi to‘lanadigan ta’tildan tashqari asosiy ish bo‘yicha haq to‘lanadigan ta’tilning qancha davom etishi bilan o‘rindoshlik asosidagi ish haqi to‘lanadigan ta’tilning tafovutini tashkil etuvchi kunlar uchun ish haqi saqlanmaydigan ta’til berishga majburdir.
O‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir.
Sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi.
Yangiyo`l tuman adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish Markazi bosh yuriskonsulti I.Roziqov