Янгиликлар
“Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilinib, unga asosan:
“Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilinib, unga asosan:
-Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qandolatchilik korxonalariga eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratiladi:
eksport hajmi 500 ming AQSh dollarigacha bo‘lganda — 1 million AQSh dollarigacha;
eksport hajmi 500 ming AQSh dollaridan 4 million AQSh dollarigacha bo‘lganda — 2 million AQSh dollarigacha;
eksport hajmi 4 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda — 3 million AQSh dollarigacha;
- 2025-yil 1-yanvarga qadar:
keng turdagi qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan qadoqlash va etiketkalash mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi;
ip-kalava ishlab chiqaruvchilarga Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan paxta va sun’iy tolani o‘z ehtiyoji uchun import qilishda (qo‘shni davlatlardan tashqari) transport xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
2024-yil 31-dekabrga qadar ip-kalavani eksport qilishda undiriladigan yig‘imning amaldagi miqdorini 5 baravarga kamaytirish;
2024-yil 31-dekabrga qadar bo‘yalgan mato va bo‘yalgan gazlamani realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarni ichki bozorda sotish ulushi kamida 50 foizni tashkil qilgan korxonalarga ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lash hamda uch yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘lovini kechiktirish huquqini berish;
2026-yil 1-oktabrga qadar to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari faoliyati uchun zarur bo‘lgan ayrim tovarlarni import qilishda bojxona bojidan ozod qilish;
Sanoat zonalarida yer maydonlari hamda bino va inshootlarni ijaraga berishda to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash davrini amaldagi 12 oydan 24 oygacha uzaytirish kabi imtiyozlar nazarda tutilgan.
Yangiyo`l tumani YXKM bosh yuristkonsulti X.Murodjonov.