Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Davlat mulkini ijaraga berish tartibi belgilandi.


Davlat mulkini ijaraga berish tartibi belgilandi.

 

Biz bilamizki, Davlat mulki - davlat korxonalari va byudjet tashkilotlari balansidagi mol-mulk, shuningdek yuridik shaxslarning ommaviy mulkni boshqaruvchi yoxud vakolatli davlat organi tomonidan tasarruf etish huquqisiz ularga berilgan mol-mulk hisoblanadi.

         Ijaraga beruvchi esa, davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari hisoblanadi.

         Shuningdek, balansda saqlovchi — ijaraga berilayotgan davlat mulki uning balansida hisobga olingan yuridik shaxs hisoblansa, ijaraga oluvchi — belgilangan shartlarda va tartibda davlat mulki boʻyicha ijara shartnomasini tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxsdir.

         Joriy yilning 14-dekabrida Hukumat qarori bilan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

         Mazkur Nizomga koʻra, davlat mulkini ijaraga berish jarayoni har qanday jismoniy va yuridik shaxs (tashabbus koʻrsatuvchi) tashabbusi asosida boshlanishi mumkin.

Bunda tashabbus koʻrsatuvchi bevosita Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga yoki uning hududiy boshqarmalariga (ijaraga beruvchiga):

-davlat mulkining tavsifi va joylashgan joyini;

-balansda saqlovchini (bunday maʼlumotlarga ega boʻlgan taqdirda) koʻrsatgan holda taklifini yozma yoki elektron taqdim etadi.

Shuningdek nizomga asosan, takliflar shu kunning oʻzida koʻrib chiqish uchun ijaraga beruvchiga yuboriladi.

Shunga koʻra, ijaraga beruvchi 2 kun muddatda balansda saqlovchiga davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha munosabat bildirish yuzasidan soʻrov yuboradi.

Ijaraga beruvchi balansda saqlovchining arizasi kelib tushgandan 2 kunda davlat mulkini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali onlayn-auksion savdosiga chiqaradi.

Ijaraga oluvchi tomonidan ijtimoiy soha obyekti tarkibidagi yerda:

-binolar va inshootlar, jumladan, yer osti inshootlarini qurish (yengil konstruksiyali inshootlar bundan mustasno);

-koʻngilochar obyektlar faoliyatini tashkil etish (madaniyat obyektlarining yer uchastkalari bundan mustasno) taqiqlanadi.

 

Bundan tashqari nizomga koʻra, Davlat mulki ijarasining eng koʻp muddati:

-bir ijara shartnomasi doirasida 6 yil;

-nodavlat professional taʼlim tashkilotlari hamda kichik tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun 10 yil etib belgilanadi.

Shunga koʻra, Davlat mulki obyektlari ijaraga berish uchun auksionga chiqarilganda, ijaraga berish muddati 3 yil etib belgilanadi.

Koʻchmas mulk esa 1 yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga berilganda, ijara shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart.

Avtomototransportlar savdo platformasi vositasida onlayn-auksion orqali ijaraga berilganda, ijara shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash talab etilmaydi.

        Ijaraga berilayotgan mulklarni hisobga olish va maʼlumotlar bazasini yuritish ijaraga beruvchi tomonidan online-ijara.uz axborot tizimi orqali amalga oshiriladi va va qogʻoz shaklida rasmiylashtirish taqiqlanadi.

Nizomga binoan, ijaraga beruvchi ijaraga berilgan va beriladigan davlat mulki toʻgʻrisida har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Markazga maʼlumot taqdim etsa, Markaz ijaraga beruvchi va Soliq qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan ijaraga berilgan va beriladigan davlat mulki, undirilgan ijara toʻlovlari va ularning taqsimlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga har oylik maʼlumotlarni hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar taqdim etishi belgilandi.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                    Nazokat Anarqulova.