Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

IJTIMOIY SOLIQ TOʻGʻRISIDAGI YANGI NIZOM TASDIQLANDI


IJTIMOIY SOLIQ TOʻGʻRISIDAGI YANGI NIZOM TASDIQLANDI

 

Joriy yilning 14-dekabr kunida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

         Biz bilamizki, Oʻzbekistonning yuridik shaxslari, Oʻzbekistonda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi Oʻzbekiston norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari va jismoniy shaxslarning ayrim toifalari ijtimoiy soliq toʻlovchilari hisoblanadi.

         Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi belgilandi.

Mazkur Nizomga koʻra, ijtimoiy soliq soliq toʻlovchilar tomonidan hisobot oyi uchun hisoblangan ish haqi fondi va soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda hisoblab chiqarilishi, ijtimoiy soliq yuridik shaxslar tomonidan qoʻshimcha toʻlov, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari va sanatoriy-profilaktoriylarning taʼminoti uchun biror-bir chegirmalarsiz hisoblab yozilgan summaning toʻliq hajmida oʻtkazilishi, yuridik shaxslar ijtimoiy soliq toʻlanishi boʻyicha hisob-kitoblarni oʻzlari soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olingan soliq xizmati organlari bilan birgalikda yuritishi, yuridik shaxslarning buxgalteriya hisobida ish haqi shaklidagi daromadlardan ijtimoiy soliqning hisoblab yozilishi va oʻtkazilishi, shuningdek, qoʻshimcha toʻlov toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarning aks ettirilishi har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa – keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Shuningdek, Nizomga asosan, iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har kuni Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarining qoplanishi boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarga oid maʼlumotlar elektron shaklda Soliq qoʻmitasiga taqdim etiladi.

Bundan tashqari, pensiya jamgʻarmasining pensiyalarni toʻlashga ajratilgan xarajatlari yuridik shaxslar tomonidan oʻz vaqtida qoplanmagan taqdirda, qoplanishi lozim boʻlgan summaning har bir kechiktirilgan kuni uchun qarzdorlik summasining 100 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya hisoblanadi va undiriladi.

Mazkur qabul qilingan Nizomga binoan, pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari tomonidan Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatidan kelib tushgan mablagʻlar asosida taqdim etilgan talabnomalarga koʻra 2 ish kunida tegishli yuridik shaxslarga moliyalashtiradi.

 

 

Quyi Chiryachiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                        N. Anarqulova