Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi


Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi

 

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan soʻng, ayniqsa soʻnggi yillarda tadbirkorlikni rivojlantirishni kompleks qoʻllab-quvvatlashning “uzluksiz zanjirini” yaratish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilib, iqtisodiyotning yangi texnologiya va innovatsiyalarga asoslangan, sifatli hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi boʻgʻini boʻlgan oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash instrumentlari yetarlicha yaratilishi hamda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishning yangicha va muqobil instrumentlarini yaratish, xususan tadbirkorlik loyihalariga ulush kiritish va xizmatlar ipotekasini joriy etish, kafillik yordamini taqdim etishni kengaytirish asosida biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimida asosiy boʻgʻinlardan biri boʻlgan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining amaldagi tashkiliy-huquqiy shakli tadbirkorlik subyektlariga yetarlicha yordam koʻrsatish, yangi xizmat turlarini joriy etish, xalqaro moliya institutlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri mablagʻ jalb etish maqsadida joriy yilning 10-noyabrida “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmonga koʻra, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil qilinib, kompaniya tomonidan 2024-yil 1-martdan tadbirkorlarga oʻrta tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish loyihalariga, loyiha qiymatining 15 foizi, biroq ustav kapitalining 20 foizi yoki 3 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda tashabbuskorning ustav kapitaliga koʻchmas mulk obyektlari, asbob-uskunalar va boshqa koʻrinishdagi aktivlar shaklida ulush kiritish, koʻchmas mulk va asbob-uskunalarning 70 foizi, biroq 10 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda mulk sotib olish va yetti yilgacha muddatga qarzdorlik qoldigʻiga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada yillik foiz hisoblash yoki boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xizmatlar ipotekasi asosida tashabbuskorga berish choralari taqdim etiladi.

Shuningdek, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga; -kredit (lizing) ajratish uchun tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlariga milliy va xorijiy valyutada moliyaviy resurslarni joylashtirish;

-tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarga umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etish;

-Kompaniya mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha tijorat banklari bilan tuziladigan vositachilik shartnomalariga asosan belgilangan limit hamda umumiy miqdor va shartlar doirasida kreditlar boʻyicha kafillik (portfel kafilligi) taqdim etish;

-2024-2026-yillarda kichik tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada 5 milliard soʻmgacha ajratiladigan kreditlar boʻyicha asosiy stavkaning 40 foizigacha miqdorda uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga kompensatsiya taqdim etish belgilandi.

        

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                    N. Anarqulova