Янгиликлар
Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy maʼruzachi instituti taʼsis etildi
Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy maʼruzachi instituti taʼsis etildi
Odam savdosi – kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, oʻgʻirlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiisteʼmol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni toʻlovlar yoki manfaatdor etish evaziga ogʻdirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishdir.
Odam savdosi XX1 asrda terrorizm, narkotrafik kabi global muommaga aylanib, butun dunyo buylab keng tarkalgan jinoyatlardan biriga aylanib bormokda. Shu sababli bu jinoyat milliy konunchilik doirasidan allakachon chetga chikib xalkaro xukukning dolzarb masalalari ichidan oʻrin olmokda.
Taʼkidlash lozimki, bugungi kunda butun dunyoda insonlarni kamsitish, ularning huquqlarini tan olmaslik, odam savdosi kabi jinoyatlar koʻpayib borayotganligi barchamizni tashvishga solmoqda.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1950-yil 21-martida qabul qilingan “Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Konvensiyaga Oʻzbekiston Respublikasi 2003-yil 12-dekabrda qoʻshilgan.
Har yili 30-iyul Butunjahon odam savdosiga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.
Joriy yilning 21-dekabr kunida “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi
Mazkur farmon bilan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilindi.
Farmonga asosan, milliy komissiya - ichki ishlar vaziri – Milliy komissiya raisining oʻrinbosari rahbarlik qiladigan Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiyadan, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri – Milliy komissiya raisining oʻrinbosari rahbarlik qiladigan Munosib mehnat masalalari boʻyicha kichik komissiyadan iborat boʻladi.
Shu bilan bir qatorda farmon bilan Milliy komissiyaning asosiy vazifalari belgilab olindi.
Unga asosan, Milliy komissiya, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlangan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, munosib mehnat tamoyillarini, xalqaro mehnat standartlarini keng joriy etish, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarga rahbarlik qilish vazifasi yuklandi.
Bundan tashqari, Farmon bilan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy maʼruzachi instituti negizida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy maʼruzachi instituti taʼsis etildi.
Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova