Янгиликлар
Endilikda Oʻzbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan mobil ilova yaratiladi
Endilikda Oʻzbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan mobil ilova yaratiladi
Yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi jahonda mashhur boʻlgan kitoblarni oʻzbek tiliga tarjima qilish hamda shu orqali ularni zamonaviy ilm-fanning soʻnggi yutuqlari bilan yaqindan tanishtirib borish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida joriy yilning 28-noyabrida “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi
Mazkur qarorga koʻra, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahonda mashhur 1000 ta kitob oʻzbek tiliga tarjima qilinib, “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi amalga oshiriladi.
Kitoblarni tarjima qilish va nashr etish 2 ta bosqichda - Ekspertlar kengashi tomonidan har yili kitoblarning dastlabki roʻyxati shakllantirilib va aholi tomonidan ovoz berish yoʻli bilan tanlab olish uchun dastlabki roʻyxat Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlariga joylashtiriladi hamda bu orqali yakuniy roʻyxat shakllantirilib amalga oshiriladi:
Shuningdek, 2023–2024-yillarda dastlabki tanlangan 50 nomdagi kitobni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish choralari koʻriladi.
Kitoblarni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish bilan bogʻliq davlat xaridlari talabgorlar oʻrtasida eng yaxshi takliflarni tanlash hamda tender oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan va aholi tomonidan bepul foydalaniladigan maxsus mobil ilova yaratiladi.
Qarorga asosan, davlat buyurtmasiga asosan kitoblardan foydalanish huquqini asar mualliflaridan sotib olish, ularni oʻzbek tiliga tarjima qilish, nashrga tayyorlash hamda chop etish ishlari Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan (davlat oliy taʼlim muassasalari uchun nashr etiladigan kitoblar bundan mustasno) amalga oshiriladi.
Shuningdek, davlat oliy taʼlim muassasalari uchun moʻljallangan kitoblar roʻyxati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalari kesimida shakllantiriladi hamda oliy taʼlim muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan nashr etilasa, tanlab olingan nashriyotlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat buyurtmalarini amalga oshirish uchun tijorat banklarining kreditlari boʻyicha “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablagʻlari hisobidan umumiy belgilangan shart va qoidalar doirasida kichik tadbirkorlik subyektlari uchun beriladigan kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi.
Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova