Янгиликлар
Qonunchilikda Voyaga yetmaganlarni taʼlim-tarbiyasi toʻgʻrisida
Qonunchilikda Voyaga yetmaganlarni taʼlim-tarbiyasi toʻgʻrisida
Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyaning 77-moddasida “Ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻz farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, taʼlim olishi, sogʻlom, toʻlaqonli va har tomonlama kamol topishi xususida gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar”,-deb belgilab berildi.
Qonunchilikka koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigacha yoki 330 ming soʻmdan 1 mln 650 soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.
Shuningdek, bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilish Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha yoki 3 mln 400 soʻmdan 5 mln. 100 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Mazkur norma Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 47-moddasida belgilab qoʻyilgan.
Yangiyoʻl tuman YUXKM
Markazi boshligʻi Saidislom Djamalov