Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

STUDENT HAM ALIMENT TOʻLAYDIMI?


 

                       STUDENT HAM ALIMENT TOʻLAYDIMI?

 

Maʼlumki, Oila kodeksining 96-moddasiga muvofiq har bir ota-ona farzandi uchun aliment toʻlashga majbur hisoblanadi.

Shunday ekan voyaga yetmagan farzandi uchun aliment toʻlashi shart. Bunda oilaning qonuniy yoki sharʼiy nikohda ekanligi ahamiyat kasb etmaydi.

Asosiysi bolaning shu ota yoki onadan tugʻilganlik faktining borligi (tugʻilganlik guvohnomasidagi otasi va onasi haqidagi yozuvda koʻrsatilganligi yoki sudning qarori asosida otalik belgilanganligi).

Oila kodeksi 136-moddasiga muvofiq aliment olish huquqiga ega boʻlgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan soʻng qancha muddat oʻtganidan qatʼi nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. 

Qarzdor stipendiya olsa, aliment stipendiyaga qaratiladi. Agar stipendiya olmasa, aliment Oila kodeksi 140-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻrtacha oylik ish haqidan undiriladi.

 

 

Yangiyoʻl tuman YUXKM

boshligʻi                                                          Saidislom Djamalov