Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

ALIMENTNI O‘TGAN VAQT UCHUN HAM UNDIRSA BO‘LADIMI ?


ALIMENTNI O‘TGAN VAQT UCHUN HAM UNDIRSA BO‘LADIMI ?

Ushbu holatda Oila kodeksining 136-moddasida, aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi deb ko‘rsatilgan. Ya’ni, aliment undirish uchun qachon ariza bersangiz o‘sha paytdan undiruv boshlanadi. O‘tgan vaqt uchun esa undirilmaydi.

          Biroq ta’minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkinligi ham ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan.

 

Yangiyo`l tumani Yuridik                                           

xizmat ko`rsatish markazi                                                X.Rahimov

bosh yuriskonsulti