Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganligi uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.


Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganligi uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.

Masalan, ota-onalar, 6 oydan koʻp muddatga xorijga ketganda voyaga yetmagan farzandlariga vasiy va homiy tayinlatib ketishi kerak. Biroq bu qoidaga doimo amal qilinmaydi.

Ota-ona yashash joyidan chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida oʻz bolasiga vasiy yoki homiy tayinlashi shart boʻlgan muddat 6 oydan 3 oyga qisqartirildi. Yaʼni ota-ona 3 oydan koʻp chet-elga ketsa bolasiga vasiy yoki homiy tayinlashi kerak, aks holda maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.

Xususan, ota-onalar tomonidan mazkur majburiyatlarni bajarmagan holda xorijga chiqib ketgan ota-onalarning farzandlari tomonidan 2019-yilda jami 7 ta, 2020-yilda 22 ta, 2021-yilda 29 ta jinoyat sodir etilgan.

Endilikda, mazkur qilmish BHMning 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuristkonsulti                                                           S.Mamatqulov