Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Aholining bandligini taʼminlash Qonun darajasida belgilandi


Aholining bandligini taʼminlash Qonun darajasida belgilandi

Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20 oktabrdagi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga OʻRQ–642-sonli qonuniga asosan, Aholining bandligini taʼminlashga oid qator masalalar Qonun darajasida belgilandi. Jumladan:

• aholi bandligini ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiya, grant va kreditlar ajratish;

• har yili ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish;

• mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan va ishsiz shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar turlari;

• ish qidirayotgan shaxslarni mahalliy mehnat organlari tomonidan roʻyxatga olish va hisobdan chiqarish tartibi;

• “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini yuritish;

• mehnat stajini elektron tarzda hisobga olish.

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuristkonsulti                                                           S.Mamatqulov