Янгиликлар
Muddatli mehnat shartnomasi qancha muddatga uzaytirilishi mumkin?
Muddatli mehnat shartnomasi qancha muddatga uzaytirilishi mumkin?
Muddatli Mehnat shartnomasining eng ko‘p muddati Mehnat kodeksining 111-moddasining 5-qismiga asosan 3 yil. Xodimni muddatli mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha ishga qabul qilish orqali shartnoma muddatini 3 yildan ortiq belgilay bo`lmaydi, lekin uni uzaytirish mumkin. Bunda, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, muddatli mehnat shartnomasining umumiy muddati 5 yildan oshmasligi kerak.
Shunday qilib, Mehnat kodeksi uzaytirishlar sonini cheklamaydi, lekin u uzaytirilganda mehnat shartnomasining umumiy muddatini cheklaydi. Shuning uchun mehnat shartnomasining dastlab belgilangan muddati muddatsiz vaqtga uzaytirilishi mumkin emas. Bu faqat 5 yil ichida amalga oshirilishi mumkin. Agar muddatli mehnat shartnomasining umumiy muddati uning uzaytirilishidan oldin va keyin 5 yildan oshsa, mehnat shartnomasi noma’lum muddatga tuzilgan deb tan olinadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. (MKning 111-moddasi 7-qismi)
Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish chog‘ida muddatli mehnat shartnomasini tuzishning asosliligini isbotlash vazifasi ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. (MKning 111-moddasi 9-qismi)
Yangiyo`l tuman adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish Markazi bosh yuriskonsulti I.Roziqov