Янгиликлар
II darajali “Zamonaviy maktab” maqomini olgan maktab direktoriga qanday imtiyozlar bor?
II darajali “Zamonaviy maktab” maqomini olgan maktab direktoriga qanday imtiyozlar bor?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni bilan tasdiqlangan Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-bandi 5-xatboshisida I-II darajali “Zamonaviy maktab” va “Zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti” maqomini olgan maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari rahbarlarini mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan bir martalik ragʻbatlantirishni tashkil etish belgilangan.
Shuningdek, ushbu Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-yil 15-dekabr kuni 03-04/1-5406 – sonli Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy hokimliklarga koʻrsatma xati chiqarilgan.
Bekobod tuman Adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Rizaqulov Xusniddin Maxamadiyevich