Янгиликлар
Yakka tartibdagi mehnat nizolari
Yakka tartibdagi mehnat nizolari
Yakka tartibdagi mehnat nizolariga quyidagi nizolar kiradi:
-mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini, mehnat shartnomasini qo‘llash;
-xodim uchun yakka tartibdagi yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud yakka tartibdagi mehnat shartlarini (shu jumladan mehnatga haq to‘lashni) o‘zgartirish.
-ish beruvchi va mazkur ish beruvchi bilan ilgari mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan shaxs o‘rtasidagi nizo;
-ish beruvchi va mazkur ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzish istagini bildirgan shaxs o‘rtasidagi nizo, agar ish beruvchi ushbu shaxsni ishga qabul qilishni rad etgan bo‘lsa.
Olmaliq shahar YXKM
bosh yuriskonsulti M.M.Ashurova