Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Endilikda donalab sigaret sotish ta’qiqlandimi?


Endilikda donalab sigaret sotish ta’qiqlandimi?

 

O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun prezidentimiz tomonidan imzolandi. Ushbu qonun bilan alkogol va tamakining ishlab chiqarilishi va sotish bilan bog‘liq bir qator munosabatlarga cheklovlar kiritildi. Ushbu cheklovlardan biri endikikda donalab sigaret sotish ta’qiqlandi. Shuningdek, ushbu qonunning 21-moddasiga asosan alkogol va tamaki mahsulotlarining, shuningdek tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining:

yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslarga;

yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan;

sotuvchining bevosita ishtirokisiz, shu jumladan savdo avtomatlari, boshqa elektron yoki mexanik qurilmalar vositasida;

o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish tokchalaridan;

elektron tijorat shaklida, shu jumladan har qanday yo‘l bilan oxirgi iste’molchilarga yetkazish yordamida (bundan ko‘piklanadigan va tabiiy vinolar mustasno);

sayyor (qo‘lda, lotoklarda, savatchalarda, qo‘l aravachalarida) savdo qilish yo‘li bilan;

ko‘chmas savdo obyektlaridan tashqarida;

dorixonalarda;

bolalarga mo‘ljallangan tovarlar realizatsiya qilinadigan xonalarda;

bolalar o‘yinchoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uchun mo‘ljallangan boshqa tovarlarga o‘xshatib ishlangan bo‘lsa;

sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari, ta’lim tashkilotlari, madaniyat muassasalari, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida;

ta’lim, sport va diniy tashkilotlar hududidan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yuz metrdan kam masofada joylashgan savdo obyektlarida, bundan savdo obyekti umumiy savdo maydoni ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan savdo majmualarining (bozorlarning) hududida va yarmarka pavilonlarida joylashgan hollar mustasno;

yaroqlilik muddati o‘tganda;

mahsulot sifatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarsiz;

alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini saqlash va realizatsiya qilishga doir sanitariya normalari hamda qoidalariga mos kelmaydigan xonalar va joylarda;

belgilangan tartibda aksiz markalari bilan tamg‘alanmaganda — aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan alkogol va tamaki mahsulotlariga nisbatan;

qalbaki aksiz markalari bilan tamg‘alanganda;

ularning ishlab chiqaruvchisini aniqlash imkonini bermaydigan tarzda aniq tamg‘alanmaganda;

belgilangan tartibda raqamli identifikatsiya vositalari bilan tamg‘alanmaganda;

ularni ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilganda — litsenziyalanadigan alkogol va tamaki mahsulotlariga nisbatan;

alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini realizatsiya qilish huquqiga ega bo‘lmagan yoki ularni qonunchilikni buzgan holda sotgan yetkazib beruvchidan sotib olinganda;

alkogol mahsulotining idishi yorlig‘ida yoki tamaki mahsulotining hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining iste’mol o‘rovida (qutisida) tibbiy ogohlantirish bo‘lmaganda;

agar tamaki mahsulotining iste’mol o‘rovida (qutisida) yigirma donadan kam sigareta bo‘lsa — sigaretalarga nisbatan;

tamaki mahsuloti va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari bo‘lmagan boshqa tovarlar bilan bir to‘plamda — tamaki mahsulotiga va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga nisbatan;

iste’mol o‘rovisiz (qutisiz, bloksiz) — tamaki mahsulotiga va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga nisbatan;

donalab yoki ochilgan (yaxlitligi buzilgan) iste’mol o‘rovida — (qutisida) sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulotiga nisbatan;

temir yo‘l vokzallarining, avtovokzallarning, aeroportlarning, daryo bandargohlarining, metropoliten stansiyalarining hududlarida va xonalarida (bundan boj olinmaydigan savdo do‘konlari mustasno) — tamaki mahsulotlariga va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga nisbatan;

eng kam ulgurji va chakana narxlardan past narxlarda — alkogol mahsulotlariga nisbatan (bundan pivo mustasno);

to‘liq polietilen, polistirol va boshqa polimer materialdan tayyorlangan iste’mol idishida — alkogol mahsulotiga nisbatan (bundan pivo mustasno);

yorliqsiz, iflos (ichi yoki tashqarisi), yaqqol siniq belgilari bo‘lgan (bo‘g‘zi singan, yorilgan), tiqini buzilgan, umumiy ko‘rinishi xiralashgan, yot qo‘shimchalari, cho‘kmalari bo‘lgan butilkalarda — alkogol mahsulotiga nisbatan (bundan kolleksiya qilinadigan vino mahsulotlari mustasno);

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos kelmaganda realizatsiya qilinishi taqiqlanadi

Ushbu tartib 2023- yilning 26-avgustidan boshlab kuchga kiradi.

 

Ohangaron tuman Adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi   

bosh yuriskonsulti                                         Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li